Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi - Bank tizimida qanday islohotlar belgilangan?
6 Jan 2026

O‘zbekiston – 2030” strategiyasi - Bank tizimida qanday islohotlar belgilangan?

  •  “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida bank sohasida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirish rejalashtirilgan.

     2030 yilgacha faqat 4 ta davlat banki saqlab qolinib, qolganlari xususiylashtiriladi yoki strategik investorlar ishtirokida qayta tashkil etiladi.

  • Strategiyaga muvofiq, 2030 yilga borib depozitlar hajmi 560 trln so‘mga, yillik kreditlash hajmi esa 720 trln so‘mga yetkaziladi.
  • Davlat banklarining umumiy bank aktivlaridagi ulushi 55 foizgacha qisqartiriladi Ayni paytda davlat banklari aktivlari umumiy bank tizimi aktivlarining taxminan 65 foizini tashkil etmoqda.
  • Strategiyada ilk bor islomiy moliyani joriy etish alohida maqsad sifatida belgilandi. Unga ko‘ra, islomiy moliya xizmatlarining huquqiy asoslari yaratiladi. 
     Kamida 3 ta tijorat bankida islomiy moliya mahsulotlari yo‘lga qo‘yiladi. 2027 yilda O‘zbekistonda ilk islomiy bank ochilishi kutilmoqda.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 406
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech