Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bosh direktori Baxtiyor Xamidov Koreya banklar federatsiyasi raisi Yong Byoung Cho boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
2 May 2026
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bosh direktori Baxtiyor Xamidov Koreya banklar federatsiyasi raisi Yong Byoung Cho boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

       Uchrashuv davomida ikki mamlakat bank-moliya sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish, tajriba almashish va zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, raqamli bank xizmatlari, fintex yechimlari, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish hamda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

     Shu bilan birga, kadrlar malakasini oshirish, o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishni kuchaytirish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.

    Eslatib o‘tamiz, Koreya banklar federatsiyasi delegatsiyasi joriy yilning 3−6  may kunlari  Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) 59-yillik yig‘ilishidagi ishtiroki oldidan o‘tkazildi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech