Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hududida yangi archa ko‘chatlari ekildi.
30 Oct 2024

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hududida yangi archa ko‘chatlari ekildi.

     So‘nggi yillarda yurtimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida qator choralar ko‘rilmoqda. Banklar Assotsiatsiya ham o‘z hududida yil davomida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli olib bormoqda.

    Ayni kuz faslining oktyabr oyi archa daraxtini ekish uchun eng qulay payt hisoblanadi. Assotsiatsiyada o‘tkazilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlaridan maqsad, tashkilot joylashgan hudud ekologik holatini yana-da yaxshilashga, obodonlashtirishga ko‘maklashish hamda atrof-muhitni manzarali daraxtlar bilan boyitish hisoblanadi.

   Maʼlumot uchun, archa daraxti insonlar uchun beminnat xazina  hisoblanadi. Qishin – yozin yashillika burkangan ushbu daraxt yil bo‘yi changni yutib, biz nafas olib turgan havoni tozalab turadi. Undan olinadigan efir moyi inson salomatligini tiklashda muhim vosita sifatida  farmokologiya sohasida keng qo‘llaniladi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 235
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech