Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi va “Ahbor-Reyting” agentligi Osiyo moliyaviy hamkorlik Assotsiatsiyasi (AFCA) bilan uchrashuv o‘tkazdi.          Tadbir davomida moliya sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi hamda yangi loyihalarni amal
2 Sep 2025

O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi va “Ahbor-Reyting” agentligi Osiyo moliyaviy hamkorlik Assotsiatsiyasi (AFCA) bilan uchrashuv o‘tkazdi.    

    Tadbir davomida moliya sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi hamda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, moliyaviy bozorda innovatsion yechimlarni tatbiq etish va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib oldilar.

     Maʼlumot uchun, Osiyo moliyaviy hamkorlik assotsiatsiyasi (AFCA) – moliya sohasida hamkorlik va integratsiyani kuchaytirish, banklar, moliyaviy institutlar hamda tijorat tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashishni rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.

      Assotsiatsiyaning asosiy maqsadlari:

  • Osiyo davlatlari o‘rtasida moliyaviy aloqalarni mustahkamlash;

  • Moliyaviy barqarorlik va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash;

  • Hamkor tashkilotlar uchun imkoniyatlar yaratish;

  • Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish.

      AFCA bugungi kunda 30 dan ortiq mamlakat va mintaqadan banklar, moliyaviy birjalar, tadqiqot markazlari va turli moliyaviy institutlarni o‘z ichiga olgan yirik tarmoq sifatida faoliyat yuritmoqda.

 

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 440
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech