Poytaxtimizda “O‘zbekiston to‘lovga qobiliyatsizlik huquqi tizimiga sharhi” taqdimoti hamda shu mavzuda ochiq muhokama tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda “O‘zbekiston to‘lovga qobiliyatsizlik huquqi tizimiga sharhi” taqdimoti hamda shu mavzuda ochiq muhokama tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad — to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va sohada samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflarni umumlashtirishdan iborat.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston to‘lovga qobiliyatsizlik huquqi tizimiga sharhi” O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hamkorligida ishlab chiqilgan.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 22–23-oktabr kunlari respublikamiz bo‘ylab to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha diagnostik tahlil hamda maslahatlashuv uchrashuvlari o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvlar davomida O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda hamkorlikka oid qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.






