Samarqandda islom moliyasi bo‘yicha xalqaro forum o'tkazildi

Samarqand shahrida islom moliyasiga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Unda 18 ta mamlakatdan 400 nafardan ortiq vakil, jumladan, markaziy banklar, xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari mutaxassislari ishtirok etdi. Forum Markaziy bank tomonidan qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.Samarqandda islom moliyasi bo‘yicha xalqaro forum o'tkazildi
Forumda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida islom moliyasini rivojlantirish, an’anaviy banklarda islomiy «darchalar»ni tashkil etish, xalqaro standartlarni joriy qilish, moliyaviy xizmatlar turlarini kengaytirish hamda sohada malakali mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston banklari Аssotsiatsiyasi bosh direktori Baxtiyor Хamidov ham forumda ishtirok etdi. Mazkur xalqaro tadbir islom moliyasi sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, xalqaro tajriba va bank tizimida yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish istiqbollari bilan tanishish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, forum doirasida O‘zbekistonda islom moliyasini rivojlantirish bo‘yicha 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «yo‘l xaritasi», islom kapital bozorlari, sukuk instrumentlari va likvidlikni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





