XALQARO PLAS-FORUM - “DIGITAL UZBEKISTAN”

2026 yil 19–20 may kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi eng yirik raqamli transformatsiya tadbirlaridan biri — PLAS-Forum Digital Uzbekistan bo‘lib o‘tadi.XALQARO PLAS-FORUM - “DIGITAL UZBEKISTAN”
Mazkur forum davlat xizmatlarini raqamlashtirish, moliya sohasi, to‘lov infratuzilmasi va fintex-ekotizimni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi.
Forum - Azimut Grand Hotel majmuasida o‘tkaziladi.
Аsosiy maqsad — raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashish va Raqamli O‘zbekiston 2030 strategiyasi doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Tadbirda xalqaro va mahalliy ekspertlar, jumladan banklar, fintex-kompaniyalar, konsalting va texnologiya kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbirning bosh spikeri — Tarik Kureyshi, sunʼiy intellekt sohasidagi xalqaro ekspert bo‘lib, u biznes, liderlik, jamiyatda AI taʼsiri hamda Markaziy Osiyoning innovatsion markazga aylanish istiqbollari haqida so‘z yuritadi.
Maʼlumot uchun 2025 yilda forumda:
- 36 ta davlatdan 2500+ ishtirokchi,
- 150 dan ortiq spiker,
- 100 dan ziyod eksponent qatnashgan.
2026 yilgi forumda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilinadi:
- raqamli jamiyat va GovTech
- fintex va bank transformatsiyasi
- sunʼiy intellekt (AI)
- Web3 va kripto-sanoat
- kiberxavfsizlik
- islomiy moliya
- bozor infratuzilmasi va kapital bozori
- marketpleyslar va riteyl tendensiyalari
Batafsil ma'lumot uchun: https://uz.plus-forum.com/






