O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda hamkorlikka oid qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ma’lumot uchun, joriy yilning 22–23 oktabr kunlari Respublikamiz bo‘ylab to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha diagnostik tahlil hamda maslahatlashuv uchrashuvlari o‘tkazildi.
Shuningdek, 27 oktabr kuni poytaxtimizda “O‘zbekiston to‘lovga qobiliyatsizlik huquqi tizimiga sharhi” taqdimoti hamda shu mavzudagi ochiq muhokama tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad — to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va sohada samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflarni umumlashtirishdir.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
1






