O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga 2024 yil boshidan beri kelayotgan murojaatlarning ko‘pi aynan firibgarlik bo‘yichadir.
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga 2024 yil boshidan beri kelayotgan murojaatlarning ko‘pi aynan firibgarlik bo‘yichadir.
Oxirgi paytda aynan “Sizning nomingizga kredit ochildi. Yoki joriy kreditingiz bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilyapmiz” kabi yolg'on vajlar bilan firibgarlar fuqarolarning maʼlumotlarini qo‘lga kiritayotgan holatlar ham uchramoqda.
Assotsiatsiya mutaxassislari tomonidan bu kabi firibgarlik bo‘yicha shikoyat qilgan fuqarolar bilan muloqot qilinganda, firibgarlar aksariyat hollarda murojaatchilar bilan bog'liq aniq faktlarni taqdim etishgani ma'lum bo'lgan. Bu bilan esa ular fuqarolarning ishonchiga kirishgan.
- Hurmatli fuqarolar, eslatib o'tamiz, hech qachon telefon orqali o‘zingizning shaxsiy maʼlumotlaringizni taqdim etmang. Hatto siz haqingizda aniq faktlarni keltirsada, noma'lum shaxslar bilan aloqaga kirishmang.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
119